Atrof-muhitning toza va ozoda saqlanishida, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligining guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Inson tabiatdan kuch oladi, uning noz-u, ne’matlaridan bahramand bo‘ladi. Sog‘lomlashtirish maskanlari ham bejizga tabiat qo‘ynida tashkil etilmaydi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, yurtimizda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va ekologik madaniyatni shaukllantirishga qaratilgan samarasi qoniqarli darajada emas.

    Faoliyat olib borayotgan tashkilotlar yoki mahalliy aholi tomonidan turli xildagi chiqindilarning suv havzalariga tashlab yuborilishi, tabiatga bo‘lgan befarqlik tobora avj olib borayotganligini ko‘rib dilingiz o‘ksinadi.

    Bugungi kunda suv havzalarining muhofaza zonalarida tabiatni muhofaza qilish qonuni talablarining bajarilishi, ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek suv omborlari, daryo, kanal va kollektorlar suvlari ifloslanishining oldini olish bo‘yicha va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida doimiy ravishda reyd tadqiqotlarini o‘tkazish keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Suvdan samarali foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish borasida innovatsion ishlanmalar va g‘oyalar joriy etilmoqda. Aynan mana shunday tadbirlarning viloyatimizda ham samarali amalga oshirishni taьminlash muhim masalalardan biridir. Samarqand davlat universitetida ham bu kabi vazifalar ijrosiga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqot va tekshiruv ishlari tashkil etilgan. Jumladan, universitetning soha bo‘yicha mutaxassislari tomonidan yer usti oqar suvlaridan Zarafshon daryosi va Siyob kanalidan suv namunalari olib, tahlil qilish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan.

    Ishlab chiqarish korxonalaridan hosil bo‘lgan oqova suvlarni tozalash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va suvdan ketma-ket foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham bir qator ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. 

 

Tanzila Majidova

SamDU Ekologiya  va hayot faoliyati xavfsizligi

kafedrasi dotsenti

 

Gulmira Keldiyorova

SamDU Ekologiya  va hayot faoliyati xavfsizligi

kafedrasi assistenti, 

texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori