Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Sian neft universiteti prorektori Chjan Juntszyun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Uchrashuv tomonlar o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish, talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

    Uchrashuv davomida tomonlar Samarqand davlat universiteti va Sian neft universiteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari o‘rtasida almashinuv dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa ikki universitet o‘rtasida ta’lim sifati va tajriba almashinuvini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    Kelishuvga binoan, ikki universitet magistratura talabalari uchun qo‘shma diplom dasturini (Double Degree) yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu dastur bitiruvchilarga ikkala universitetning diplomini olish imkonini beradi.

    Samarqand davlat universitetida zamonaviy laboratoriya tashkil etish borasida kelishuvga erishildi. Ushbu laboratoriya turli ilmiy izlanishlarni olib borish, zamonaviy texnologiyalarni tadqiq qilish va ta’lim jarayonini amaliy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro ilmiy-tadqiqot grantlarida ishtirok etish masalalarini ham muhokama qildilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.