Samarqand davlat universitetiga Janubiy Qozog‘iston universiteti rektori Axmed-Zaki Darxan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Uchrashuv tomonlar o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish, talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

    Uchrashuv davomida tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa ikki universitet o‘rtasida ta’lim sifati va tajriba almashinuvini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro ilmiy-tadqiqot grantlarida ishtirok etish masalalarini ham muhokama qildilar.

Muloqot so’ngida tomonlar o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.