Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti Turkiyalik Bayram Bilirni nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi …

Bugun o‘zbek va turk xalqlarining ming yillik qadriyatlari qayta namoyon bo‘ldi. Bayram Bilir va Samarqand davlat chet tillari instituti bitiruvchisi Sarviniso Rahmonova muqaddas oila rishtalarini bog‘lashdi.
To‘y marosimi Urgut tumanidagi Omon Qo‘ton qishlog‘ida, tog‘yonbag‘rida bo‘lib, o‘zbek xalqi urf-odatlariga binoan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi...
Ushbu marosimda Samarqand davlat universiteti, SamDCHTI professor-o‘qituvchilari, Turkiyaning Samarqanddagi Bosh konsuli Salih Saner, turkiyalik bir qator tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.