Bugun, 25 iyul kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 32-37 daraja issiq bo‘ladi.