Men bakalavrni filologiya yo‘nalishida, magistraturani psixologiya yo‘nalishida tamomlaganman. Psixologiya yo‘nalishida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishim mumkinmi?

Bakalavriat taʼlimi yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi taʼlimning turli sohalariga tegishli bo‘lganda, OAK tomonidan belgilangan fanlar bo‘yicha qo‘shimcha imtihonlar topshirish sharti bilan, bakalavriat taʼlimining yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan taʼlim sohasiga muvofiq bo‘lgan mutaxassislik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasining belgilangan tartibda tayyorlanishiga va himoya qilinishiga yo‘l qo‘yiladi (VMQ-304, 2-ilova 1-bob 6-band).