Tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgor nimalarga ega bo‘lishi kerak?

Magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega bo‘lish lozim (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 16-band).