Qaysi yo‘nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganini qanday aniqlash mumkin?

Savol: Men topshirgan yo‘nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganini qanday bilsam bo‘ladi?
Javob: mandat.dtm.uz sayti orqali.
Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
Endilikda abiturientlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abiturient ro‘yxatdan o‘tganini ko‘rishlari mumkin.
Shuningdek, abiturientlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
- abiturient tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
- OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
- ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
- davlat granti asosidagi qabul rejasi;
- to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
- ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
- tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).
Bundan tashqari, abiturientlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.