O‘qishga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va doktorantning yakka tartibdagi ish rejasi va nazariy-metodologik dastur qancha muddatda tasdiqlanishi kerak?

Stajyor-tadqiqotchi va doktorant ilmiy rahbar va konsultant (konsultant tayinlangan holatlarda) bilan birgalikda yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi. Yakka tartibdagi reja stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga yoki doktoranturaga o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oyda Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadi va Yagona elektron tizimga yuklanadi.
Ilmiy rahbar doktorant uchun ixtisoslik bo‘yicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqadi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktoranturaga o‘qishga qabul qilingandan boshlab bir oy muddat ichida Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 28, 29-bandlar).