Marjona Malikova, Samarqand davlat universiteti talabasi, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi:

    -Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan “Kelajak bunyodkori” medalini qabul qilib oldim. Taassurotlarim juda ulkan. Ushbu medal Vatanimiz kelajagini bizga ishonib topshirilishi demak. Medalga qo‘shib, Vatan, millat ishonchini ham qo‘shib ko‘ksimizga qadashgandek go‘yo. Ushbu e’tirof oldimga qo‘ygan maqsadlarim yo‘lida yangi kuch va shijoat baxsh etuvchi, ortimda shunday buyuk Vatan turganini anglatib turuvchi vosita bo‘ldi, desam xato bo‘lmaydi. Shu darajaga yetib kelishimda meni qo‘llab-quvvatlagan ota-onam, yaqinlarim, qadrdon Samarqand davlat universiteti jamoasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Ota-onamning ko‘zlarida ham cheksiz quvonch. Otam - Abdumajid Xurramov Samarqand davlat universiteti dotsenti.   Mening shaxmatga kirib kelishimda sababchi, menga shaxmatni o‘rgatgan ilk ustozim otam bo‘ladi. Men ushbu medalimni shu insonga bag‘ishlayman.