Ular tarkibida Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi Abdubakir Qo‘shboqov ham bor

    Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Abdubakir Qo‘shboqov ayni kunlarda Islandiya tashqi ishlar vazirligi hamda YUNESKO  homiyligi ostida tashkil qilingan GRO-LRT (Land Restoration Training Programme)  dasturida ishtirok etmoqda.

    Islandiya Prezidenti Gudni Yoxannesson GRO-LRT dasturi ishtirokchilari bilan uchrashib,  ularning kelajakdagi ilmiy ishlariga muvaffaqiyat tiladi…

    - Bu uchrashuv menga faxr-iftixor bag‘ishlaydi, - deydi Abdubakir Qo‘shboqov. - Ushbu imkoniyatni yaratib bergani uchun SamDU rektori, professor, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodovga minnatdorlik bildiraman.

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.