- O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan munosabatlarda Samarqand davlat universitetiga alohida e’tibor qaratiladi. SamDU bizning Markaziy Osiyodagi doimiy va ishonchli hamkorimizdir.
    Birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, anjumanlar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish bosh maqsadimizdir.
    Samarqand davlat universitetida mavjud bo‘lmagan yo‘nalishlar uchun magistratura, doktorantura bosqichlarida kadrlar tayyorlash masalalarida hamkorlik qilishga tayyormiz.