Ali Asqarxon Qosimov, Anqara Yildirim Boyazid universiteti katta ilmiy xodimi, "Sulton Boyazid va Amir Temur" xalqaro simpozium tashkiliy qo'mitasi a'zosi:

- “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” xalqaro anjumani Anqara Yildirim Boyazid universiteti tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Joriy yilning may oyida simpozium tashkiliy qo‘mita a’zolaridan iborat bir guruh vakillar bilan anjumanni tashkil etishda hamkor bo‘la oladigan universitetlar bilan maslahatlashish maqsadida O‘zbekistonga keldik. Samarqand davlat universiteti, "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Imom Moturidiy hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari va boshqa ko‘plab tadqiqot institutlari vakillari bilan uchrashdik. Olib borilgan muzokaralar natijasida Samarqand davlat universiteti asosiy hamkor sifatida tanlandi.