Dilfuza Jo‘raqulova, Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti dekani, professor:

Bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biri bu - avlodlarga madaniy meros obyektlarini asrash, ularning tarixiy ahamiyatini kengroq ochib berish borasida, bir qator ishlar olib borilmoqda. “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” xalqaro anjumanida ham bir qator ma’ruzalar bugungi kunda dolzarb hisoblangan masalalarni qamrab oladi. Ko‘rib o‘tilayotgan davrdagi arxeologik yodgorliklarning o‘rganilishi, shuningdek Yildirim Boyazid va Amir Temur merosini raqamlashtirish masalalari shular jumlasidan.