“Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” xalqaro konferensiyasi Samarqand, Bursa va Anqara shaharlari tarixini Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur atrofida markazlashtirgan holda o‘rganish va Turkiya va O‘zbekistonda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Simpozium orqali Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid va Bursa Uludag‘ universitetlari O‘zbekistondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari: Samarqand davlat universiteti, “Ipak yo‘li” turizm va madaniyat universiteti, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro tadqiqot  markazlari, Samarqand davlat universitetining Turkologiya ilmiy tadqiqot  instituti kabi bir qator ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu aloqalar kelgusida ham samarali davom ettiriladi.