Dars jarayonlarida nazariya va amaliyot uyg‘unligi

So‘nggi yillarda ilm-fan sohasida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, innovasion tuzilmalarni shakllantirish maqsadida universitetlar va ishlab chiqarish sanoat korxonalari o‘rtasida samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti bitiruvchi kurs talabalari ayrim mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliyot mashg‘ulotlarini “Samarkand Apparel” xorijiy korxonasida olib bormoqda.
-Bitiruvchilarning zamon talablariga mos malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim, fan va ishlab chiqarish jarayonini integrasiyalash, o‘quv jarayonini zamonaviy talablarga muvofiq olib borish asosiy masala sifatida ko‘rilayotgan bugungi zamonda talabalarning bevosita ishlab chiqarish korxonalari ish jarayonlari bilan tanishishlari muhim ahamiyatga ega, - deydi SamDU inson resurslarini boshqarish kafedrasi assistenti Aziza Hamidova, - Bitiruvchi kurs talabalarini bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan tanishtirish ularda ish jarayonlari bilan bog‘liq tasavvur paydo qilishga yordam beradi. “Samarkand Apparel” ishlab chiqarish korxonasi maxsus ishchilar kiyimlari tikishga ixtisoslashgan bo‘lib, talabalar korxona ish jarayonlarini kuzatish bilan bir qatorda, korxonada mehnat taqsimoti, xodimlarning birgalikda ishlash ko‘nikmalari hamda ishni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha bir qator foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Endilikda bu kabi mashg‘ulotlarni ko‘paytirgan holda, bitiruvchilarni xizmat ko‘rsatish korxonalari ish jarayoni bilan ham tanishtirish maqsadimiz bor.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.