Ijarada turuvchi talabalarning sharoitlari o’rganilmoqda…

Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova va rektor maslahatchisi Islom Rustamov “Talaba xavfsizligi” oyligi doirasida mas’ullar hamrohligida Oqsaroy va Xo‘ja Ahrori Valiy mahallalarida ijarada turuvchi tarix fakulteti talabalari bilan uchrashdi.
Yoshlar bilan samimiy suhbatlashgan Shahzoda Negmatova ularning ijara shartnomasi, yoshlarning ishlash istagi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida suhbatlashib, ishlamoqchi bo‘lgan talabalarga SamDU Karera va bandlik markazida alohida yordam berilishini ta’kidladi. Shuningdek, u agar talabalarda turar-joy bilan bog‘liq har qanday muammo bo‘ladigan bo‘lsa, bevosita birinchi prorektorga murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi. O‘qish, o‘z sohasining ilg‘or mutaxassisi bo‘lish bugungi kunning dolzarb shartlaridan biri ekanligini ta’kidlab, talabalarga omad tiladi.
- Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti birinchi bosqich talabasiman, - deydi Diyorbek Narziqulov. – Ijarada tursakda bizga ijara haqining 50 foizi to‘lab berilmoqda. Qish yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, xonamizda barcha sharoitlar bor. O‘qituvchilarimiz ham tez-tez xabar olib turishibdi.
“Talaba-xavfsizligi” oyligi doirasida yoshlarning turar-joy, bandlik va ijtimoiy muammolarni o‘rganish va ularni tizimli bartaraf etish ishlari javom etmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.