Samarqand davlat universitetiga Qirol Abdulla nomidagi Fan va texnologiya universiteti prezidenti, professor Toni Chan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi…

Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashuv ўтказади....
Qirol Abdulla nomidagi Saudiya Arabistoni Fan va texnologiya universitetiga 2009 yilda asos solingan. Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh ibn Abd al-Aziz sharafiga nomlangan. Nature Index bo‘yicha eng tez rivojlanayotgan 40 universitetlar qatoriga kiritilgan.
Ushbu universitetda 11 yo‘nalishda, yaʼni amaliy va hisoblash matematikasi, kimyo, biologiya, kompyuter, dengiz fanlari, yer fanlari va muhandislik, materialshunoslik va muhandislik, avtomobil muhandisligi va kimyoviy, biologik muhandislik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
KAUST oliy taʼlim bilan birlashtirilgan o‘ziga xos hamkorlik orqali fan va texnologiyani rivojlantirishni maqsad qilgan. Saudiya Arabistoni va butun dunyoda innovatsiyalar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda muhim yo‘nalishlarga ega hisoblanadi.
Global ahamiyatga ega bo‘lgan to‘rtta sohaga: oziq-ovqat, suv, energiya va atrof-muhitga eʼtibor qaratiladi. O‘z missiyasi davomida KAUST o‘zining ilmiy bo‘linmalari va ilmiy markazlari orqali maqsadli tadqiqot bilan shug‘ullanadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.