Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida  21 oktabr – O‘zbek tili kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

    Kimyo fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Talabalar tomonidan tilimizni madh etuvchi hikmatli so‘zlar, she’rlar va mumtoz adabiyotimiz namunalari ijro etildi.

    Xususan, so‘nggi yillarda tilimizga berilayotgan alohida e’tibor haqida yoshlarga ma’lumot berildi. Ularning o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, yoshlar orasida milliy tilimizdan ifodali foydalanishni odatga aylantirish bo‘yicha fikrlar tinglandi.

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.