21 – oktabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.

    Unda Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etdi.

    Tadbir avvalida xalqimizning milliyligi, o’zligi va barcha qadriyatlarini o’zida jam etgan ona tilimizga e’tibor bugun har qachongidanda kuchayganligi ta’kidlandi. Xususan, bugun dunyo bo’yicha 50 million kishi o’zbek tilida so’zlashishi fakt sifatida keltirildi.

    Talabalar va teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko’tarinkilik baxsh etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.