Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “InnoWeek – 2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi…
“InnoWeek - 2022” haftaligi 17-21-oktyabr kunlari “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, haftalik doirasida namoyish etilgan ko‘rgazmalarda Samarqand davlat universiteti 14 ta innovatsion ishlanma bilan ishtirok etib, g‘olib deb topildi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan sertifikat hamda 3D printer bilan mukofotlandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati