Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov va SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabovlar agrar sohaga oid xorij tajribasini o’rganish maqsadida Italiyaga jo’nab ketdi.

    Olimlar Italiyaning Bolonya, Padovo, hamda Sapiyenza universitetlariga tashrif buyurib, bir qator muzokaralar olib borishni maqsad qilgan. Jumladan, Bolonya universitetining Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ilmlari fakulteti professor-o‘qituvchilarining o‘quv va ilmiy faoliyatini o’rganish,  fakultetda mavjud xalqaro bog‘dorchilik magistratura mutaxassisligiga SamDU talabalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rish, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishishni reja qilgan. Shuningdek, dala tajriba sinov maydonlariga tadqiqotlar qo‘yish usullarini o’rganish, professor-o‘qituvchilardan SamDU da faoliyat olib borishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko’zda tutilgan.

    Padovo va Sapiyenza universiteti bilan esa agronomiya va tabiiy fanlar faoliyati bilan tanishish, xalqaro almashinuv dasturlarini o’rganish va SamDU talabalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va professor-o’qituvchilar almashinuvi bo’yicha kelishuvga erishish reja qilingan.

    Bundan tashqari Vengriyaning Seged, Qishloq xo‘jaligi va hayot fanlari universiteti bilan muzokaralar olib borish ham maqsad qilingan…

    Bu haqida batafsil ma’lumot beramiz…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.