Samarqandda o‘z ishini boshlagan “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” mavzusidagi xalqaro simpozium Turkiyada davom etmoqda...

Turkiyaning Bursa shahridagi Otaturk kongress madaniyat markazida simpoziumning rasmiy ochilishi marosimi o‘tkazildi. Unda Samarqand davlat universiteti hamda Anqara Yildirim Boyazid va Bursa Uludag‘ universitetlari, shuningdek, Turkiyadagi simpozium ishini qo‘llab-quvvatlovchi muassasalar vakillari qatnashdi.
Ma’lumot uchun simpoziumning Turkiyadagi yig‘ilishlarida Samarqand davlat universitetidan SamDU tarix fakulteti dekani, professor Dilfuza Jo‘raqulova hamda jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sirojiddin O‘sarovlar ishtirok etmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.