O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov:

"Bugungi kunda zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini yanada oshirish masalalarini hal qilish uchun xalqaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ushbu forum ana shunday manfaatli vazifalarni amalga oshirishda o‘ziga xos hamkorlik muhiti hozirlamoqda. Forumda ikki mamlakat tomondan 20 dan ortiq sohalardan vakillar ishtirok etayotgani ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tarmoqlarida mukammal aloqalar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi..."
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.