Edtech Lerna platformasi tanishtirildi…

Samarqand davlat universitetida “URBAINS” MCHJ tomonidan axborot texnologiya sohasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida uchrashuv o’tkazildi. Ushbu tadbirda Samarqand xalqaro texnologiyalari universiteti, Yodju texnika instituti Samarqand filiali ishtirok etdi.
Yig’ilishda “UBRAINS” MCHJ tomonidan Edtech Lerna platformasi bo’yicha ma’lumotlar berildi. Edtech Lerna platformasi Skillbox, GeekBrains, SkillFactory loyihalarini birlashtirilgan loyiha bo’lib, ta’lim va kasblarni egallashga mo’ljallangan.
Ushbu loyiha MDH davlatlari orasida keng tarqalib, 700 dan ortiq onlayn kurslariga, 580 dan ortiq mutaxassislariga ega. Asosan dasturlash, marketing, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, dizayn, boshqaruv, tahlil, professional sanoat dasturlari, avtomatlashtirish va raqamlashtirish, multimedia kabi yo’nalishlarga ega.
Tadbirda yuqoridagi yo’nalish bo’yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama etilib, talabalar uchun chegirmalar qilinishi ta’kidlandi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati