Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixchilarining haqiqiy rahnamosi, ustoz olim, professor Po‘lat Soliyev tavalludining 140 yillik yubileyiga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Anjumanda Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti ilmiy jamoatchiligi va talabalar ishtirok etdi. Seminarni SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov kirish so‘z bilan ochdi. Shundan so‘ng fakultet professor-o‘qituvchilarining tarixchi olim Po‘lat Soliyev qoldirgan ilmiy meros, olimning sharq xalqlari tarixini o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari, yozgan ilmiy risolalari haqida fikr bildirdilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar