SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalari Italiyaning Bolonya universitetida o‘qishini davom ettiradimi?

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov va SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo‘lat Rajabovlar agrar sohaga oid xorij tajribasini o‘rganish va kelishuvlarga erishish maqsadida Italiyaning Boloniya universiteti mutasaddilari bilan muzokaralar olib bordi. Unda SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi maslahatchisi Nuriddin Qo'shnazarov qatnashdi.
Muzokaralarda Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalari Bolonya universitetining Aniq koordinatali va barqaror qishloq xo‘jaligi (Precise and Sustainable Agriculture) hamda Bog‘dorchilik ilmlari (Horticulture Sciences) yo‘nalishlarida magistratura bosqichini davom ettirishlari yuzasidan maxsus kelishuv imzolandi.
Shuningdek, Bolonya universiteti bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.