Samarqand davlat universitetiga Fransiya elchxonasining ta’lim bo’yicha attachesi Serj Bellini va Valbonna litseyi direktori Erik Petilar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Tashrifdan asosiy maqsad Valbonna  litseyning matematika, informatika va adabiyot fani o’qituvchilari bilan hamkorlik qilishdir.

    Mehmonlar dastlab SamDU dagi “Campus France” til markazida roman-german tillar kafedrasi o’qituvchilari bilan uchrashib, uning faoliyati bilan tanishdi.

    Shundan so’ng, SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov mehmonlarni qabul qildi. Uchrashuvda tabiiy fanlar, fizika, IT yo’nalishida talabalarni Fransiya oliy o’quv yurtlariga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

    Muzokaralar davomida Samarqand davlat universitetining talabalari Fransiyaning muhandislik oliy o’quv yurtlarida o’qish istagini bildirishsa, Valbonna litseyi bevosita yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.