SamDU olimlari Boloniya universitetining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarni o’rganmoqda…

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov va SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabovlar Bolonya universiteti tajribalarini o’rganishda davom etmoqda.
Olimlar Bolonya universitetida tuproq tahlili, mikrobiologiya, urug‘lar sifatini tekshirish, entomologiya, o‘simliklar fitopatologiyasi, fiotexnologiya va molekulyar tahlil hamda issiqxona va fitotron kompleksi kabi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga tashrif buyurib, ulaning asosiy ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, laboratoriya xodimlari bilan istiqboldagi hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Muzokaralar davomida biotexnologiya va molekulyar tahlil laboratoriyasi xodimlari Dr. Enriko Noli va Dr. Katia Gazettilarning SamDUga tajriba almashinish maqsadidagi tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.
Ushbu zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishish jarayonida Bolonya universiteti tajribasiga asoslangan holda SamDU da yangi tashkil etilayotgan Agrobiotexnologiyalar transferi laboratoriyasi uchun qimmati ma’lumotlar yig’ildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.