Xalqaro konferensiya: “Markaziy Osiyo yaylovlari:global muammolar va global imkoniyatlar”

Samarqand davlat universitetida 2022-yilning 15-16-noyabr kunlari “Markaziy Osiyo yaylovlari: global muammolar va global imkoniyatlar” nomli xalqaro konferensiyasi o’tkaziladi.
Nufuzli anjumandan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yaylovlarni boshqarishni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, ushbu sohadagi xorijiy va mahalliy olimlar hamda professional mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajribalarni almashish hamda g‘oyalarni birlashtirishni maqsad qilingan.
Konferensiya quyidagi shoʻbalarga bo’linadi:
- yaylovshunoslik ilm-fanining hozirgi holati va uning yangi yo‘nalishlari;
- yaylovlarni boshqarishdagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolar;
- yaylovga asoslangan chorvachilik va uni rivojlantirish istiqbollari;
- yaylov ekologiyasi: o‘simlik, tuproq va hayvonot olami muhofazasi;
- yaylovlardan foydalanishda ta’lim va amaliyot.
Tezislarni qabul qilish muddati 2022-yil 5-noyabrgacha.
Ilmiy materiallarni rangeconfsamarkand@samdu.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Tezis quyidagi talablarga asosan qabul qilinadi:
Tezisda tadqiqot mavzusi, muallif(lar)ning to‘liq ismi sharifi hamda ish joyi kiritiladi.
Tezis kirish, material va metodlar, olingan natijalar va muhokama (grafik va jadvallarni kiritish mumkin) kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim.
Tezis 500 ta so‘zgacha va kalit so‘zlar 7 tagacha bo‘lishi mumkin.
Materiallar o‘zbek, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi.
Tanlangan tezislar Samarqand davlat universiteti Ilmiy jurnalining maxsus sonida maqola sifatida chop etiladi.
Konferensiya AQSH ning Yuta hamda Nevada, Reno universitetlari, Islandiyaning inqirozga uchragan hududlarni qayta tiklash dasturi, Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi - IKARDA bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Konferensiyada Avstraliya, AQSH, Germaniya, Islandiya, Vengriya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Mongoliya, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlar olimlarining ma’ruzalar bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Yaylovlarni baholash va boshqarish bo‘yicha amaliy seminar AQSH ning Nevada (Reno) universiteti va Yuta davlat universitetlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyati hududidagi Qarnobcho‘l yaylovlarida (Samarqand shahridan 130 km g‘arbda) tashkil etiladi.
Murojat uchun:
Muxtor Nasirov - muhtorgn@gmail.com
Toshpo‘lot Rajabov – rtoshpulat@yahoo.com
Telefon: +998 97 611 34 77