Hurmatli Aqnazar Bekdurdiyevich!
    Sizni tavallud kuningiz bilan samimiy tabriklayman.
    Yetmish yosh umrning donishmandlik fasli boshlanishidir. To‘plangan tajribalar, katta ilmiy salohiyatni yoshlarga yetkazish, shogirdlar ardog‘ida bo‘lish, muborak bo‘lsin.
    Siz Samarqand davlat universitetida matematika fani rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
    Ilmiy-pedagogik faoliyatingiz davomida 3 fan doktori, 15 fan nomzodi tayyorladingiz.   Monografiyalar, ko‘plab darslik va  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalaringiz nashr etilgan. Ushbu ma’lumotlarning o‘zi ham Sizni fidoyi olim, zahmatkash ustoz, ilm-fan namoyandasi  ekanligingizni anglatadi. 
    SamDU professor-o‘qituvchilari Siz bilan haqli ravishda faxrlanadi.
    Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman. 
    Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.

 

Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.