Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov va SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabovlar Italiyadagi “Dalmonte” yirik ko’chatchilik kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi…

    Ushbu tashkilot 20 ga yaqin noyob va qimmatbaho daraxtlarning ko'chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan.

    Olimlar kompaniya asoschisi Pietro Dalmonte bilan uchrashib, ko’chatchilik sohasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda mevali daraxtlar ko'chatlarini Italiya texnologoyasi asosida yetishtirishni yo'lga qo'yish bo’yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, Italiya sharoitida yetishtirilgan olma va tok ko'chatlarini Samarqand sharoitida o'stirish va bog'lar tashkil etish rejalashtirildi.

    - Muzokaralar davomida “Dalmonte” ko’chatchilik kompaniyasi SamDU talabalarining Italiyada bog'dorchilik sohasida amaliyot o'tashlari uchun rozilik bildirdi, - deydi dotsent Toshpo’lat Rajabov. - Shuningdek, bu borada har tomonlama qo'llab quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi. Talabalar xorj tajribasi asosida in-vitro laboratoriyasida ishlash, mikroklonlashtirish va ko'chatlarni payvandlashning zamonaviy usullarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.