2022-yil 15-16 noyabr kunlari Samarqand davlat universitetida o’tkaziladigan “Markaziy Osiyo yaylovlari: global muammolar va global imkoniyatlar” nomli xalqaro konferensiya doirasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan 15-noyabr kuni SamDU da “O‘zbekiston o‘simliklar xilma-xilligini tadqiq etishning zamonaviy bosqichi: raqamli texnologiyalarning o‘rni va foydalanish istiqbollari” mavzusida ilmiy-o’quv seminar tashkil qilinadi. Mazkur seminarda Botanika instituti O’zbekiston florasi laboratoriyasi mudiri, akademik Komiljon  Tojibaev boshchiligidagi ilmiy xodimlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. Ma’ruzalar O’zbekistonda Botanika sohasida qo’llanilayotgan eng zamonaviy taqdiqot usullari va ularning natijalariga bag’ishlangan bo’lib, yig’ilganlarga taqdimot ko’rinishida yoritib beriladi…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.