Samarqand davlat universitetiga xalqaro “Oltin meros” fondi Anqara bo‘limi boshlig‘i Suleyman Merdanog‘lu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Mehmonlarni SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov qabul qildi.

    Ikki tomonlama olib borilgan muzokaralarda Samarqand davlat universiteti talabalarini turk tili bo‘yicha xalqaro sertifikatga tayyorlash, ularga til sertifikatlarini olishda qulayliklar yaratish hamda SamDU tadqiqotchilarini Turkiyaning dunyo universitetlari Top-1000 taligidan joy olgan oliy ta’lim muassasalarida tadqiqot olib borishlariga sharoit yaratish, bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya dasturlari joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.