Samarqand davlat universiteti professori Hamza Turobovning "Fizikaviy kimyodan masalalar to'plami" nomli o'quv qo'llanmasi nashr etildi...
    "Fizikaviy kimyodan masalalar to‘plami" o‘quv qo‘llanmasi kimyo magistratura mutaxassisligi va kimyo (turlar bo‘yicha), kimyoviy texnologiya materialshunoslik va yangi materiallar  texnologiyasi bakalavr  yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlar asosida yozilgan bo‘lib, fizikaviy  kimyoning termodinamika, kinetika va elektrokimyo bo‘limlarini o‘z  ichiga olgan. Har bir mavzuning boshida qisqacha nazariy tushunchalar, asosiy formula va tenglamalar keltirilgan. So‘ngra mavzuga doir namunaviy va mustaqil yechish uchun masalalar keltirilgan.  Oʻquv qo‘llanmadan universitetlarning kimyo, biologiya fakulteti talabalari, hamda fizikaviy kimyoga qiziqishi yuqori bo‘lgan professor - o‘qituvchilar ham foydalanishi mumkin.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati