Samarqand davlat universiteti talabalariga Samara davlat universiteti rekruting bo‘limi boshlig‘i Yevgeniy Torshin seminar o‘tdi.

    Seminarda Samara davlat milliy tadqiqot universiteti faoliyati, ta’lim va tadqiqot jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar universitetning mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari, fan va innovasion markazlari, xalqaro talabalarning tahsil olishlari uchun joriy qilingan ta’lim dasturlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

    Ma’lumot uchun, Samara milliy tadqiqot universiteti Rossiyaning dunyo universitetlari top-1000 taligidan joy olgan nufuzli universitetlaridan biridir. Bugungi kunda universitetda energetika, aviatsiya, axborot texnologiyalari, radioelektronika, avtomobilsozlik, metallurgiya, IT, tabiiy va ijtimoiy fanlar kabi bir qator yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi. Universitet tarkibida aviatsiya, energetika, informatika va kibernetika, iqtisodiyot, yuridik, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar kabi institutlar faoliyat yuritadi. Universitetda dunyoning 73 davlatidan tashrif buyurgan 1000 dan ortiq talabalar tahsil oladi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar