Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Belorussiya milliy texnika universitetiga tashrif buyurdi...

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov Belorussiya milliy texnika universiteti (BMTU) ga tashrif buyurib, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Yuriy Nikolaychik hamda universitetning Politexnika instituti direktori Viktor Trepachko bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra Belorussiya grantlari mablag‘lari hisobidan fizika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot sohalarida SamDU professor o‘qituvchilarini ilmiy stajirovka maqsadida BMTU ga yuborish, BMTU professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarini qisqa muddatli stajirovka va tajriba almashish uchun SamDU ga yuborish, bakalavriat va magistratura bosqichlarida akademik almashinuvni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, alternativ energiya manbalari, tibbiyot sohasida asbobsozlik, muhandislik fizikasi kabi yo‘nalishlarda hamkorlikda ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish, yangi ilmiy nashrlar chop etish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar ilgari surildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati