Samarqand davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida davra suhbati o’tkazildi…

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand filiali bo’lim boshlig’i Fozilxon Axatov SamDU bitiruvchilari bilan uchrashdi. Seminarda talabalarning bandligini ta’minlash hamda vakant lavozimlarni qay tartibda topish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tashkilotning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari faoliyati tanishtirildi. Ushbu tarmoqlarda e’lon qilinadigan bo’sh ish o’rinlari ishonchli va korrupsiyadan holi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.