Samarqand davlat universitetida “IT sohasini rivojlantirish istiqbollari mavzusida” uchrashuv o’tkazildi.

    Tadbirda “Dasturlash nimaga kerak va bugungi kunda qaysi dasturlash tillarini o‘rganish kerak” mavzusi bo’yicha “Codeschool” korxonasi asoschisi Zarif Naxalov, “Freelancingga birinchi qadam va “Nextgen” korxonasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj” mavzusida “Nextgen” korxonasi asoschisi Akbarov Mukhammad Ali, “Startap va innovatsion loyihalarni yaratish istiqbollari” mavzusida Viloyat Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alisher Narbayevlar ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

    Shuningdek, so’zga chiqqanlar ishtirokchilarga o’z korxonalari faoliyati bilan tanishtirdi.

    Tadbir oxirida talabalar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.