Samarqand dunyo nigohida

Ikki oy avval Shanxay hamkorlik tashkilotiga mezbonlik qilgan Samarqandda bu gal Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar yig‘ildi. Albatta, bu qadamlar jahon siyosatida qiziqish bilan kuzatilib, O‘zbekiston muammolarni muhokama qiladigan va yechim topadigan davlat sifatida alohida e’tirof etildi. Bu siyosiy yutuqlar ortida katta sa’y-harakatlar, strategiya va eng avvalo, istiqbolli qarash va yondashuvlar turibdi.
Hali yo‘lning boshida turgan bu tashkilot vaqt o‘tishi bilan xalqaro maydonda Yevropa Ittifoqi kabi nufuzli muassasa bo‘lishiga shubha yo‘q. Katta aholi va kuchni ifodalovchi tashkilot, ko‘p qutbli dunyoda siyosiy va iqtisodiy yutuqlardan tashqari Turk dunyosiga tarixiy va madaniy qadriyatlarni yanada kuchliroq ifodalash imkoniyatini beradi. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan tashkilot mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, hamkorlikni oshirish va umumiy rivojlanish salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan tashqi siyosat tadqiqotlariga e’tibor qaratadi.
O‘zbek xalqining o‘z milliy yetakchisi atrofida jipslashib, erishayotgan yutuqlaridan quvonamiz, uning yo‘li yorug‘ bo‘lishini tilaymiz.
Tug’ba Yilmaz (Turkiya),
Samarqand davlat universiteti
o’zbek tilshunosligi kafedrasi tadqiqotchisi.