Samarqand davlat universiteti matematik analiz kafedrasi dotsentlari Toliboy Absalomov, Buviroziya Fayzullayeva, G’ofurjon Xasanovlarning “Matematik analiz I” nomli o’quv qo’llanmasi nashr etildi.

    Ushbu o’quv qo’llanma mexanika-matematika fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, u matematik analizning to’plamlar nazariyasi, haqiqiy sonlar ketma-ketliklari uchun limitlar nazariyasi, funksiya va uning limiti, funksiyaning uzluksizligi, funksiyaning hosila va differensiali, differensial hisobning ba’zi bir tatbiqlari, aniqmas va aniq integrallar, aniq integralning ba’zi tatbiqlari, xosmas integrallar kabi bo’limlariga bag’ishlangan. O’quv qo’llanmada bu bo’limlarga doir mavzular batafsil yoritilib, ularga oid misol va masalalar yechilishi bilan ko`rsatilgan hamda mustaqil ish topshiriqlari berilgan.

    Ushbu o’quv qo’llanma bakalavriatning matematika yo’nalishi I kurs talabalari uchun matematik analiz kursining 2021-2022 o’quv yilida tasdiqlangan fan dasturi asosida yozilgan bo’lib, u davlat ta’lim standartlari talablari hamda “Matematik analiz” fanining namunaviy dasturi asosida yozilgan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.