Mashhur turkolog olim, Mug’la Sitki Kochman universiteti professori Ali Akar Samarqand davlat universiteti talaba va magistrantlarga onlayn dars o’tib kelmoqda…

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish maqsadida Turkiyaning Mug’la Sitki Kochman universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Turkiyalik professor Ali Akar ikki yildan buyon lingvistika yo’nalishida tahsil oladigan magistrantlarga “Lingvokultrologiya” va bakalavr bosqichidagi talabalarga “Til tarixi” fanidan onlayn ma’ruza qilib kelmoqda…
Professor Ali Akar filologiya fakulteti 3-bosqich talabalariga “Til tarixi” fanidan “Qoraxoniylar davri adabiy manbalari” haqida ma'ruza qildi. Olim ma’ruzalarini Mug’la Sitki Kochman universitetida va SamDU da ishlab chiqilgan “Til tarixi” o’quv dasturi asosida olib bormoqda.
O’tilayotgan darslar nafaqat talabalar, balki tadqiqotchi va professor- o’qituvchilar uchun katta qiziqish uyg’otmoqda…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.