Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi dotsentlari Zebiniso Umurzoqova, Bo‘ston Islomov, Zebiniso Namozovalarning “O‘simliklar rivojlanish biologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi...

    “O’simliklar rivojlanish biologiyasi” fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga o‘simliklar hujayrasi, o‘simliklar to‘qimalari, vegetativ va generativ organlari, changlanish va urug‘lanish jarayonlari, mevaning hosil bo‘lishi, tarqalishi o‘simliklarning hayotiy shakllari, o`simliklar embriologiyasi fanning ilmiy–nazariy asoslarini; ulardan foydalanish usullarini o‘rgatishdir. Shuningdek, zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash; mikropreparatlar tayyorlashni; o‘quv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni; olingan natijalarni tahlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatishdan iborat.

    Mazkur qo‘llanmadan biologiya, biotexnologiya va ekologiya yo‘nalishlari, shuningdek, Respublikamizdagi botanika fani o‘tiladigan barcha Oliy o‘quv yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.