SamDU va Moskva davlat universiteti kimyogar olimlarining hamkorligi…

Samarqand davlat universitetiga Moskva davlat universitetining taniqli kimyogar olimlari professor Nikolay Ferapontov va dotsent Oksana Bondarenkolar tashrif buyurdi.
Bundan asosiy maqsad SamDU professori Hamza Turobov bilan amalga oshirilayotgan “O’zbekiston hududidagi oqova va chiqindi suvlarni hamda orololdi ichimlik suvlarini tozalash” mavzusidagi ilmiy ishlarni maslahatlashish va SamDU kimyo fakulteti o’quv laboratoriyalarni bilan tanishishdir. Shuningdek, kimyo sohasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da kuchaytirishdir.
Ma’lumot uchun, SamDU professori Hamza Turobov, Moskva davlat universiteti professori Nikolay Ferapontov va dotsent Oksana Bondarenkolarning “Polimer gellarning fizik-kimyoviy va supramolekulyar xossalari” nomli o’quv qo’llanmasi ingliz tilida nashr etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.