Samarqand davlat universitetiga AQSH ning Nevada universiteti (Reno) professorlari Barry Perryman, Bradley Schultz, Tracy Shanelar tashrif buyurdi. Bundan asosiy maqsad Samarqand davlat universitetida o’tkaziladigan “Markaziy Osiyo yaylovlari: global muammolar va global imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruzalari bilan ishtirok etishdir.

    Shuningdek, yaylov sohasidagi AQSH da erishilgan ilmiy ishlanmalar va yutuqlarni Markaziy Osiyo yaylovlari, xususan O’zbekiston hududida joriy etish bo’yicha hamkorlikni amalga oshirish ham ko’zda tutilgan.

Samaqrand davlat universiteti

Axborot xizmati.