Shashka bo’yicha jahon chempionati sovrindorlari taqdirlandi…

Joriy yilning sentyabr oyida Qirg’izistonda imkoniyati cheklanganlar o’rtasida shashka sporti bo’yicha Jahon chempionati o’tkazildi.
Ushbu musobaqda Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabasi Fayzullo Mardiyev oltin medalni, filologiya fakulteti talabasi Mahbuba Xalilova va sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Abbos Ravshanovlar kumush medalni qo’lga kiritdi.
Musoboqa g’oliblarini Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev taqdirladi va keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati