Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo yaylovlari: global muammolar va global imkoniyatlar” nomli xalqaro konferensiya doirasida O‘zR Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tomonidan “O‘zbekiston o‘simliklar xilma-xilligini tadqiq etishning zamonaviy bosqichi: raqamli texnologiyalarning o‘rni va foydalanish istiqbollari” nomli alohida shoʻba tashkil etildi. Bunda institutning O‘zbekiston florasi laboratoriyasi mudiri, akademik Komiljon Tojibayev va laboratoriyada faoliyat olib borayotgan qator yosh olimlar va tadqiqotchilar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.   

    Ushbu tadbir doirasida akademik Komiljon Tojibayev institut olimlari tomonidan so‘nggi yillarda olib borilgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalari asosida chop etilgan, 200 nusxadan ortiq ilmiy adabiyotlar va monografiyalarni SamDU biologiya fakulteti olimlariga topshirdi. Mazkur ilmiy adabiyotlar SamDU professor-o’qituvchilari va yosh tadqiqotlari uchun O‘zbekiston olimlari tomonidan floristika sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlardan xabardor bo‘lish imkonini yaratadi.

Samarqand davlat universiteti

         Axborot xizmati.