Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayev va dotsent Noryigit Musulmonovlarning "Biofunksional  katalizatorlarda asitelenning katalitik o'zgarishlari" nomli monografiyasi rus tilida nashr etildi...

    Ushbu monografiya organik kimyo ishlab chiqarishining asosiy yo‘nalishlaridan biri  asetilen kimyosiga bag‘ishlangan. Birinchi bo‘limda asetilenning katalitik reaksiyalari va aktivlanish mexanizmi, ikkinchi bo‘limda asetilenni gidrogalogenlash, uchinchi bo‘limda gidratlash va to‘rtinchi bo‘limda asetillash reaksiyalari atroflicha o‘rganib chiqilgan. Bundan tashqari monografiyada vinilxlorid, xloropren, asetaldegid, aseton va vinilasetat olish texnologiyalari yoritilgan. Monografiya magistrlar, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar va shu sohada ishlaydigan ilmiy hamda ilmiy – texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan. Kitob Samarqand davlat universiteti  va Atirau neft va gaz universitet (Qozog‘iston) olimlari tomonidan hamkorlikda tayyorlangan...

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati