Bugun Samarqand davlat universiteti katta o‘qituvchisi  Elmira Xoshu va dotsent Burxon Fayzullayevning tug‘ilgan kuni.

    Elmira Xoshu 1950-yil Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan. 50 yildan buyon Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi dotsenti Burxon Fayzullayev 1958-yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Shu kunga qadar Samarqand davlat tibbiyot instituti va Samarqand davlat universitetida bir qator turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi bugungi kun munosabati bilan ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, mehnat va ilmiy faoliyatiga omad hamda ulkan zafarlar tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi