Bugun, 1-mart kuni Samarqandda 20 daraja issiq boʻlishi kutilmoqda
Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.